Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Konstitutsiya – inson huquqlari asosi
2022-12-30 11:47:13 327
Bilamizki, Konstitutsiyada ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning eng umumiy normalari qayd etiladi. Konstitutsiyaga kiritilgan qoidalarning amalda ijro etilishiga doir alohida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson huquqlari hamda ularning himoya qilinishiga oid umumiy qoidalar belgilab qo`yilgan.
Xususan, Konstitutsiyaning VII–X boblari shaxsiy huquq
va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, inson
huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga doir eng muhim ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni qamrab olgan. Ushbu huquq va
erkinliklar hamda ularning kafolatlarini bilib olish har bir shaxsning kundalik
hayotida juda muhim rol o`ynaydi.
Misol uchun, konstitutsiyaning 24-moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekani,
inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatligi qayd etilgan. Bundan
ko`rinadiki, yashash huquqidan hech kim mahrum qila olmaydi. Ushbu huquqdan
mahrum qilish yoki mahrum qilishga urinish jinoyat kodeksining tegishli
normalari bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
25-moddaga ko`ra, har kim erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi
yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
Yuqoridagi qoidadan ma’lum bo`ladiki, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar ham qonuniy asosi bo`lmasa, hech bir shaxsni hibsda yoki
qamoqda saqlab tura olmaydi. Hibsda yoki qamoqda saqlab turish uchun qonuniy asoslar
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18, 242—248 va 558-moddalarida qayd etilgan.
26-moddada hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka,
shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa
duchor etilishi mumkin emasligi belgilangan. Ushbu normaning ijrosini
musthaklamash uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
17-moddasida sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi
ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari
shartligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson
sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi
mumkin emasligi alohida belgilab qo`yilgan.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari Konstitutsiya
bilan quyidagi shaxsiy huquq va erkinliklar belgilab berilgan:
Ø
Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga
aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega;
Ø
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning
turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi,
yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas;
Ø
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish
huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir;
Ø
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi
istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan
boshqa cheklashlar bundan mustasnodir;
Ø
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa
sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin;
Ø
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari
va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor
bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
imkoniyatini yaratib berishi lozim;
Ø
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Buvayda tuman adliya bo`limi
yetakchi maslahatchisi F. Ibroximov
Konstitutsiya – inson
huquqlari asosi
Bilamizki, Konstitutsiyada ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishning eng umumiy normalari qayd etiladi. Konstitutsiyaga
kiritilgan qoidalarning amalda ijro etilishiga doir alohida normativ-huquqiy
hujjatlar ishlab chiqiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham
inson huquqlari hamda ularning himoya qilinishiga oid umumiy qoidalar belgilab
qo`yilgan.