Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Ishonch telefoni statistikasi

Sayyor sud va davra suhbati

×

 2022-12-06 16:11:01    291

PDF yuklash
Chop etish


Buvayda tumani Pedagogika kolleji binosida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining raisi B.Mo‘minov, tuman prokurori yordamchisi S. Akbarov, MIB vakillari hamda Buvayda tumani Pedagogika kollejining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.   Davra suhbatida jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining raisi B.Mo‘minov ma’ruza qilib, Bosh qomusimizning hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati, qabul qilinishi, kiritilgan o‘zgartirishlar, zo‘rlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ishtirokchilarga keng tushunchalar berdi.  Shundan so‘ng, voyaga yetmaganlarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq 2 ta jinoiy va 4 ta ma’muriy ish Buvayda tumani Pedagogika kollejining majlislar zalida sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilindi.