Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUSIYA– KELAJAGIMIZ POYDEVORI

×

 2022-12-05 11:41:41    681

PDF yuklash
Chop etish


   Konstitusiya - davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradigan qimmatli ahamiyatga ega muhim hujjatdir.

   Konstitusiyani puxta o‘zlashtirgan shaxs, o‘zini yanada kuchliroq, yanada mukammalroq va albatta, yanada kafolatlanganroq sezadi. Uning mazmuni va mohiyati ostida nazarda tutilgan tinch va farovon hayotga bo‘lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi, Konstitusiyani to‘la anglab yetgan har bir fuqaro yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘zi va farzandlari, ota-onasi va yaqinlari kelajagi va buguni uchun ko‘ngli xotirjamlik bilan o‘z vazifalarini, burchlarini bajarishga kirishadi.

   Konstitusiya - xar bir davlat siyosiy va xukukiy xayotining ko‘zgusidir. Konstitusiyada fukaroning xukukiy maqomi, jamiyat va davlat kurilishining asosiy unsurlari mustaxkamlab ko‘yiladi. Real vokelikdagi yirik o‘zgarishlar «konstitusiyaviy ko‘zgu»da aks etmasligi mumkin emasligi tushunarlidir.

  Konstitusiyamiz inson hukuk va manfaatlari, uning erkinliklari davlat manfaatlaridan ustunligini mustahkamladi, odamlarimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratishni o‘zining tub maqsadi etib belgiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini e’lon kildi.U jamiyatning extiyojlari hamda hukuqiy ong va jamiyatning hukuqiy madaniyati rivojlanishi hisobga olingan holda zvolyusion rivojlanmoqda, fukarolarning konstitusiyaviy-huqukiy madaniyati izchil shakllantirilmoqda. O‘zbekistonda Konstitusiyani uzluksiz o‘rganish tizimi tashkil etilgan.Bizning Konstitusiya to‘g‘risidagi bilimlarimiz hukuqiy xulqatvorimiz, konstitusiyaviy vatanparvarligimiz bilan tasdiklanishi zarur. Aynan mana shunday konstitusiyaviy xulk-atvor bilan Konstitusiyaning ustuvorligini ta’minlay olamiz.

Sh. AHMEDJANOVA,

Farg‘ona tumanlararo ma’muriy

sudining sudyasi.