Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
XALQ DEPUTATLARI BUVAYDA TUMANI KENGASHINING QARORI
2022-10-20 11:51:49 259
2022 - yil 6 - oktabr VI-51-113-11-154-K/22 Buvayda tuman hokimligi
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar
ajratish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet
jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar
tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish maqsadida
O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi
Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashi
QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet
jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori asosida joriy
yilning 15-iyulidan 17-sentyabriga qadar o‘tkazilgan uch bosqichdan iborat
jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni natijalari bo‘yicha
tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri A.Ergashevning axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-
sentabrdagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘grisidagi namunaviy nizomga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi KQ-406-IV-sonli qarori ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2. Ishchi guruh xulosalariga asosan, Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib, ENG KO‘P
ovoz olgan hamda “Ochiq byudjet” axborot portalida avtomatik tarzda g‘olib
sifatida tanlab olingan takliflar “g‘olib” deb topilsin. Ushbu takliflarni
moliyalashtirish bo‘yicha, “Manzilli ro‘yxat” 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
Bunda:
- Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish
bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ishlar hajmining ko‘payishi yoki loyihaning
o‘zgartirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik;
-Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga
yo‘naltiriladigan tuman byudjeti mablag‘lari tuman hokimligi qoshida ochilgan
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan
mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi ta’ qiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
3. Tasdiqlangan “Manzilli ro‘yxat” asosida:
- Tuman hokimligi Moliya bo‘limi (A.Ergashev) tanlab olingan tadbirlarni
moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida, buyurtmachi tashkilotlariga tegishli
mablag‘ manbaasi bo‘yicha (4017) “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” maxsus
hisob raqamlari ochilishini;
- Tuman hokimligi hisobxonasi (M.Asqarov) jamg‘arma mablag‘lari
hisobidan tegishli buyurtmachi tashkilotlarga mablag‘lar yo‘naltirilishini;
-Buyurtmachi tashkilotlar ajratilgan mablag‘larni loyiha-smeta hujjatlari
asosida belgilangan tartibda maqsadli ishlatilishi va amalga oshirilgan ishlar
bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi huzuridagi “Ishchi
guruh”ga ma’lumot kiritib borilishini ta’minlasin.
4. Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining 2022 yil 7 fevraldagi
IV-43-21-11-154-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tuman (shahar) byudjetlari
e-qaror.gov.uz 06.10.2022
3
mablaglarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish
tartibi to‘g‘risida”gi nizomga, 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritilsin.
5. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (A.Soliyeva)
va tuman hokimligi moliya bo‘limi (A.Ergashev) bilan birgalikda jamoatchilik fikri
asosida shakllantirilgan va “g‘olib” deb topilgan tadbirlarning moliyalashtirishi
hamda amalga oshirilishi lozim ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni “Ochiq byudjet”
portaliga joylashtirilishi va keng jamoatchilikka muntazam yoritib borilishini
ta’minlasin.
6. Tuman byudjetining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va
samarali foydalanilishi hamda mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan
barcha hujjatlarning haqqoniyligiga “Ishchi guruh” a’zolari shaxsan javobgarligi
eslatib o‘tilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashining barcha doimiy komissiya raislariga va mazkur qaror ijrosini
ta’minlash tuman hokimining birinchi o’rinbosari (D.Mirzahalilov), tuman
hokimligi moliya bo’limi mudiri (A.Ergashev) zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi Odiljonovich I. B.