Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
XALQ DEPUTATLARI BUVAYDA TUMANI KENGASHINING QARORI
2022-10-20 11:17:58 237
2022 - yil 17 – oktabr VI-51-124-11-154-K/22 Buvayda tuman hokimligi
Buvayda tumanida 2022-yilning III choragi mobaynida jamoatchilik fikri
asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan
mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Byudjet
ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil
13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi
KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida
jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-43-21-11-154-К/22-sonli
qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta'minlash
maqsadida, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari
Buvayda tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi
“Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash
to‘g‘risida”gi VI-43-21-11-154-К/22--sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy
Nizomning 27-bandiga asosan Buvayda tumanida 2022-yilning III choragida
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga
yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri
A.Ergashevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:
-2022-yilning III choragida “Tashabbusli byudjetlashtirish” jarayoni
natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1- va 2-ilovaga muvofiq;
-2022-yilning III choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi
mablag‘larining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;
-2022-yilning III choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni
moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (A.Ergashev), Tuman hokimligi axborot
xizmati (A.Solieva) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni
keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda
hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra,
keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari
yuklatilsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman
Kengashining "Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha" doimiy
komissiyasi (H.Akbarov), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni
qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (D.Mirzahalilov) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Odiljonovich I. B.