Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida 2022-yil I choragi mobaynida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida
2022-09-22 10:14:23 254
Buvayda tumanida 2022-yil I choragi mobaynida jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar
hisoboti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet
ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-
apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi
KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida
jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-43-21-11-154-К/22-sonli
qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta'minlash
maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Kengashi
QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi
“Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash
to‘g‘risida”gi VI-43-21-11-154-К/22--sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27-bandiga asosan 2022-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan
tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri v.v.b A.Ergashevning hisoboti ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:
- 2022-yilning I choragida “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoni natijalari
bo‘yicha ma’lumotlar 1- va 2-ilovaga muvofiq;
- 2022-yil I choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining
shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;
-2022-yil I choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik
fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish
uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (A.Ergashev), mahalla va nuroniylarni
qo‘llab quvvatlash bo‘limi (B.Imomaliyev), yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi
(N.Karimov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda joriy yilning iyul
oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni
jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.
4. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (A.Ergashev), tuman hokimligi axborot
xizmati (A.Soliyeva) tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni
keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda
hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra,
keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari
yuklatilsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining
“Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va
tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi (H.Akbarov),
ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (D.Mirzahalilov) zimmasiga
yuklatilsin.
Tuman hokimi Odiljonovich I.B