Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ БУВАЙДА ТУМАНИ ҲОКИМИНИНГ ҚАРОРИ
2022-07-22 15:24:42 381
2022 - yil 3 - iyun 103-11-154-Q/22 Buvayda tuman hokimligi
Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi “Dafn etish va dafn ishi to`g`risida”gi Qonunning
15-moddasi, Vazirlar Mahkamasining “Dafn etish va dafn ishi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2011 yil 4 apreldagi 101- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi
“Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida” gi Qonunning 25-moddasiga asosan
QAROR QILAMAN:
- Buvayda tumani dafn etish joylarini saqlash qoidalari (keyingi o`rinlarda Qoidalar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
-
Buvayda tumani qurilish bo`limi (A.Yusupov), Sanitariya-epidemiologikosoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limi (B.Saloxitdinov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi (I.Sultonov), Obodonlashtirish boshqarmasi (N.Tursunov)larga:
qoidalarning tegishli qabristonlarda bir xilda ijro etilishi;
qoidalarda belgilangan normalar mahalla fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollar) bilan birgalikda doimiy targ`ib qilib borilishi ta’minlansin.
- Mazkur qaror “Buvayda ko`zgusi” gazetasida rasman e’lon qilinsin vahokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o`rinbosariS.Xizirov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Odiljonovich I. B.
Buvayda tuman hokimining
2022 yil 3 iyundagi
103-11-154-Q/22-son qaroriga
1-ilova
Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalari
Umumiy qoidalar:
- Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalari (keyingi o`rinlarda - qoidalar) tegishli dafn etish joylarini (keyingi o`rinlarda - qabriston) va qabr usti yodgorliklari inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
- Qabristonlarni obodonlashtirish, saqlash va ulardan foydalanish, dafnetish xizmatlari ko`rsatish bo`yicha bevosita faoliyat Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumanning mahalliy aholisi, shuningdek boshqa millatlar va xalqlarning mavjud an’analari, urf-odatlari va udumlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qabristonlarni saqlash:
- Qabrlar, sag`analar, shuningdek dafn etishni amalga oshirishgamo`ljallangan boshqa binolar va inshootlarni barpo etish uchun ekologik, sanitariya, shaharsozlik va boshqa me’yorlarga hamda mazkur qoidalarga muvofiq ajratilgan yer uchastkalari qabristonlar hisoblanadi. Qabristonlar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
- Obodonlashtirish boshqarmasiga qabristonlarni zarur darajada saqlash,ulardan foydalanish, dafn etish xizmatlarini ko`rsatish, obodonlashtirish bo`yicha vazifalarni bajarish majburiyati yuklanadi.
- Har bir qabriston qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan me’yorlarbo`yicha tegishli xodimlarga ega bo`lishi kerak.
- Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qabristonlarni obodonlashtirish,mukammal va joriy ta’mirlash, ularni zarur darajada saqlash mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qabristonlarni saqlash va obodonlashtirishda, Obodonlashtirish boshqarmasi bilan kelishilgan holda, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayrehsonlaridan va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari ko`magida hashar yo`li bilan o`rnatilgan tartibda foydalanish mumkin.
- Qabristonning nomi aks ettirilgan asosiy kirish joyida (ichki tomonida) quyidagilar o`rnatiladi:
ma’muriy va boshqa binolar, yo`llar, xiyobonlar, tarixiy va memorial
qabrlar, umumiy foydalanish hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashishi belgilangan holda qabristonning sxematik tarxi; qabristonning ish jadvali (ziyorat qilish qoidalari) va boshqa yo`l-yo`riq
hujjatlari qo`yilgan ko`rgazma taxta; fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi rahbariyati, qabriston uchun
mas’ul bo`lgan xodimlar va aloqa bog`lash telefonlari, qabr qazish va dafn etish xizmatlari uchun tariflar hamda mazkur qoidalar ko`rsatilgan ma’lumotlar.
- Qabristonlar har kuni ziyoratlar va dafnlar uchun ochiq bo`lishi kerak.
- Qabriston hududida quyidagilar taqiqlanadi:
jamoat tartibi va sokinlikni buzish, mast-alast, giyohvandlik va boshqa xil
narkotik moddalar ta’siri holatida bo`lish; qabr usti yodgorliklariga va yashil o`simliklarga shikast yetkazish; quruq o`t, barg, shox-shabbalarni yoqish; mevali ko`chatlar o`tkazish; mol va boshqa uy jonivorlarini boqish; qishloq xo`jaligi ekinlarini o`stirish; qabristonlarga transport vositasida kirish (nogiron va keksalarni, qabriston
uchun zarur jihoz va buyumlarni olib kirish bundan mustasno).
- Qabristonning mas’ul xodimlari, dafnlarni va o`rnatilayotgan qabr ustiyodgorliklarini raqamlangan va ip bilan tikilgan hamda Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi tomonidan muhrlangan daftarlarga qayd etishlari, shuningdek elektron bazani yuritish uchun Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasiga ma’lumot taqdim etishlari shart.
Dafn etishni amalga oshirish huquqini beradigan barcha hujjatlar — fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan beriladigan o`lim haqidagi ma’lumotnoma, avvalda dafn etilgan yaqin qarindoshlarning o`lganlik to`g`risidagi tegishli hujjatlar nusxasi, dafn etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi, belgilangan tartibda tikilishi va saqlanishi kerak.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan beriladigan o`lim haqidagi ma’lumotnoma Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi arxivida saqlanishi shart.
- Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi va qabristonning mas’ulxodimlari quyidagilarni ta’minlashi shart:
qabriston hududida zarur darajadagi tartibni ta’minlash va mazkur qoidalar
hamda boshqa tegishli qonun hujjatlarining talablarini qat’iyan bajarish; bosh xiyobon, asosiy va ikkinchi darajali yo`llarda to`siqsiz yurish va o`tish
imkoniyatini (qishda qordan tozalash, muzni parchalash, qum sepish, yozda o`rilgan o`tlarni o`z vaqtida olib ketish va shu kabilarni) ta’minlash; eskirgan (qurigan) daraxtlarning agdarilishi va qabr usti yodgorliklarini
shikastlashiga yo`l qo`ymaslik uchun ularning o`z vaqtida kesilishini ta’minlash ishlari Buvayda tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi xulosasi va qabriston joylashgan tuman hokimining qaroriga asosan amalga oshirish; umumiy foydalanish joylarini toza saqlash, qabristondan chiqqan chiqindilar
uchun maxsus yashik va qutilar o`rnatish hamda chiqindi to`plash joylari tashkil etish, chiqindilarni qabriston hududidan o`z vaqtida olib chiqilishini ta’minlash; muhandislik inshootlarining zarur darajada ishlashini ta’minlash, tashqi
to`siq, bino va inshootlar, yo`llar, muhandislik tarmoqlari va inshootlarining joriy va mukammal ta’mirlanishini amalga oshirish hamda ko`kalamzorlashtirish; barcha turdagi yashil o`simliklarni sug`orish va parvarishlashni ta’minlash,
ularni yangilash; jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalariga ko`ra dafn uchun
ushbu qoidalar bilan belgilangan o`lchamda joy (uchastka) bepul berish; marhumlarni qabr qazish me’yorlari va qoidalariga rioya etgan holda dafn
etishni ta’minlash; qabrning ro`yxat raqami ko`rsatilgan beton ustuncha o`rnatish; anjomlarning (belkurak, panshaxa, paqir, xokandoz, supurgi, zambil va
hokazolarning) yetarli miqdorda bo`lishini va ularning fuqarolarga qabrlarga qarash uchun bepul til xat bilan berilishini ta’minlash;
qabristonda zarur darajadagi tartibni ta’minlash bo`yicha, shu jumladan,
xotirlash kunlari, umumxalq hasharida qabrlarni suvash va boshqa tadbirlarni tashkil etishda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish;
xizmatlar uchun Buvayda tumani hokimi qarori bilan belgilangan tariflar
bo`yicha hisob-kitob qilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning qabristonda ko`rsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini o`z vaqtida va sifatli bajarish; qabr usti yodgorliklarini o`rnatish tartibiga binoan ularning o`lchamlarini,
hududni ko`kalamzorlashtirish uchun daraxt va butalarning turlarini to`g`ri tanlashga rioya etilishini nazorat qilish; dafn etilganning qarindoshlariga ta’mir talab qabr usti yodgorligi to`g`risida
yozma xabar qilish va uni tuzatishni talab qilish; go`r qazuvchi ishchilarga sanitariya qoidalarini hamda diniy va mahalliy
an’analarni hisobga olib, me’yorlarni qat’iyan bajargan holda ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o`rgatishni tashkil qilish; qabr usti yodgorliklarining saqlanishini ta’minlash, ular o`g`irlangan,
buzilgan, vayron qilingan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlarini va yodgorliklarning egalarini xabardor qilish; yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, yong`inga qarshi
zarur miqdordagi anjomlar bilan butlash; qabristonning butun hududini — qabrlar usti bilan har yili kamida ikki
marta (Xotira kuni va diniy bayramlar arafasida) har tomonlama supurib-sidirishni amalga oshirish.
12. Qabriston xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
tegishli diniy konfessiya qabristonida vafot etgan yaqinlari va qarindoshlarini
dafn etish uchun ushbu qoidalar bilan belgilangan o`lchamda bepul joy (uchastka) olish; sanitariya qoidalari hamda boshqa qoidalar va me’yorlarga zid bo`lmagan
diniy marosimlar va mahalliy an’analarga rioya etgan holda dafn etish udumini bajarish; marosim xizmatlaridan foydalanish va ularga Buvayda tumani hokimi qarori
bilan tasdiqlangan miqdordagi tariflar bo`yicha haq to`lash; buyurtirilgan xizmatlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishini qabriston
ma’muriyatidan talab qilish; qabrga va qabr usti yodgorliklariga qarash uchun qabriston anjomlaridan
bepul foydalanish;
Obodonlashtirish boshqarmasi bilan kelishgan holda yaqinlari va
qarindoshlarining qabrlariga ushbu qoidalar bilan belgilangan o`lchamda qabr usti yodgorliklarini o`rnatish.
Qabrlarni saqlash va qabr usti yodgorliklarini o`rnatish:
- Dafn etishni amalga oshirgan jismoniy va yuridik shaxslar qabrlarhamda qabr usti yodgorliklarini zarur holatda saqlashi shart (cho`kkan qabr va yodgorlik xamda lavhalarni tiklash, qabrlarni suvash, yaroqsiz yodgorliklarini olib tashlash va x.k.).
- Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi va qabristonning mas’ulxodimlari bilan kelishgan holda, dafn etilgan joy (uchastka) doirasida, uzunligi 1,5 metr, eni 1 metr va balandligi 0,5 metr (qabr ustidagi tuproq tepaligi balandligi darajasida), yozuvlar uchun vertikal plitaning balandligi 1 metrgacha bo`lgan o`lchamda qabr usti yodgorliklarini o`rnatishga (ko`rishga) yo`l qo`yiladi.
- Qabr atrofiga metall va boshqa ashyolardan yasalgan to`siqlarnio`rnatish, qo`shni qabrlarning hududlarini va bo`sh joy (uchastka)larni egallab oladigan qabr usti yodgorliklarini barpo etish taqiqlanadi.
- Byustlar, haykaltaroshlik yodgorliklari yoki alohida arxitektura shakligaega bo`lgan inshootlarni o`rnatishga faqat loyiha-smeta hujjatlari hamda Quva tumani hokimining qarori asosida ruxsat beriladi.
- Qabr usti yodgorliklarining joylashtirilishi, shuningdek daraxt va butalar o`tqazish ishlarini amalga oshirishdan avval ma’muriyati bilan kelishiladi.
- Qabr usti yodgorliklarining o`rnatilishi qabristonning mas’ul xodimlaritomonidan qabr usti yodgorliklarini ro`yxatdan o`tkazish daftarida ro`yxatdan o`tkazilib, unda qabr joylashgan chizma (xarita), qatori va raqami, dafn etilgan kishining familiyasi, ismi-sharifi, yodgorlik o`rnatilgan sana, yodgorlikning qisqacha tavsifi (yodgorlikning hajmi, rangi va ko`rinishi haqidagi ma’lumotlar), uni o`rnatgan shaxslarning manzili, familiya, ismi shariflari ko`rsatiladi.
- Barcha qabr usti yodgorliklari ularni o`rnatgan jismoniy va yuridikshaxslarning mulki hisoblanadi.
- Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi tashabbusi bilan qabr ustiyodgorliklarini buzib tashlashga yo`l qo`yilmaydi, eskirib ketgan qabr usti yodgorliklarini egalari tuzatishdan bosh tortgan, ular belgilangan tartibda egasiz deb topilgan hollar bundan mustasno.
Qabr usti yodgorliklarini buzib tashlash, Obodonlashtirish boshqarmasi ko`rsatmasiga asosan qabr usti yodgorliklarining elementlari albatta tavsiflangan, qabriston joylashgan hududdagi o`zini o`zi boshqarish organi bilan kelishilgan buzib tashlash dalolatnomasi asosida, qabriston xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Dafn etish tartibi:
- Dafn etish - marhumning jasadini va saqlab qolingan tana qismlarinisanitariyaga oid hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga zid bo`lmagan urf-odatlar va an’analarga muvofiq yerga ko`mish yo`li bilan amalga oshiriladi. Dafn etish muayyan diniy konfessiya qabristoni hududida bajariladi.
- Marhumni dafn etish er (xotin), ota-ona, farzandlar va boshqaqarindoshlar yoki marhumning qonuniy vakili, bunday shaxslar bo`lmasa zimmasiga dafnni amalga oshirish majburiyatini olgan boshqa shaxsning arizasiga asosan amalga oshiriladi.
- Dafn etishga ruxsatni qabristonning mas’ul xodimi faqat fuqarolik holatidalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan o`lim to`g`risidagi ma’lumotnoma taqdim etilganidan keyingina beradi.
- Dafn etish uchun joy (uchastka) marhum ishlab turgan, yashab turganyoki ro`yxatda turgan hududdagi qabristonlardan bepul va qat’iyan sanitariyaga doir va boshqa qoidalar hamda me’yorlarga muvofiq ajratiladi.
Istisno tariqasida, marhumning xohish irodasini bajarish maqsadida
qarindoshlarning roziligi bilan uni qabriston muddati (tuproq xususiyatiga qarab 10
- 20 yil) tugagan yaqin qarindoshlari qabriga dafn etish mumkin, bunda qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar (tug`ilganlik, nikoh va o`lim to`g`risidagi guvohnomalar) taqdim etiladi.
Oilaviy va mahallalar uchun alohida joy (uchastka)lar (xilxona) ajratilishiga yo`l qo`yilmaydi.
- Qabristonning mas’ul xodimlari har bir dafn etishda ro`yxatdan o`tkazishdaftariga quyidagi ma’lumotlarni qayd etadilar:
dafn etish yili, oyi, kuni; qabr joylashgan chizma (xarita), qatori va raqami; familiya, ism-sharif, yashagan manzili; tug`ilgan yil, oy va kun; o`lim sababi va uning yil, oy va kuni; o`lim to`g`risidagi hujjatning sanasi va kim tomonidan berilganligi; marhumning qarindoshlari yoki qonuniy vakilining, agar bunday shaxslar
bo`lmasa — zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan boshqa shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, manzili.
- Dafn etilgan shaxslarni saqlanib qolgan tana qismlarini olish va ularniyangi joyga olib o`tish mumkinligi haqidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining xulosasiga asosan, qumloq va kam tuproqli joy (uchastka)larda dafn etilgandan keyin kamida bir yil o`tgach, chirish va mineralga aylanish jarayonlari sekin bo`ladigan nam tuproqlarda esa - kamida uch yil o`tgach yo`l qo`yiladi. Bu ish Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari va manfaatdor shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Dafn etilgan shaxslarni ko`chirib, qayta dafn etish yilning sovuq vaqtida, kunduzi, amalga oshirishi tavsiya qilinadi.
Saqlanib qolgan tana qismlarini olish va qabrni tugatish to`g`risida qabristonning dafnlarni ro`yxatdan o`tkazish daftariga tegishli belgi qo`yiladi.
- Eksgumatsiya - O`zbekiston RespublikasiningJinoyat protsessua l kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qabriston go`rkovlari eksgumatsiya jarayonida qabrni lahadgacha (tobut qopqog`igacha) ochib berish va ochilgan joy (uchastka)ni qayta ko`mish ishlarini amalga oshiradi.
- Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqaqarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan boshqa shaxs bo`lmagan taqdirda ichki ishlar organlari tomonidan marhumning shaxsi aniqlanganidan keyin uni dafn etish, shuningdek shaxsi ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanmagan marhumni dafn etish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Fuqarolarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi tomonidan sud-tibbiy ekspertiza davlat muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida, mahalliy byudjet mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi.
Qabrlarning tuzilishi:
- Dafn etishlar faqat ishlab turgan qabristonlarda, mahallalarga va oilalargajoy (uchastka)lar (xilxonalar) ajratilmagan xolda, navbat tartibida qator qilib amalga oshiriladi.
- Har bir marhum alohida qabrga dafn etiladi. Qabrlar oralig`idagi masofauzun tomonlari bo`yicha 1 metrdan, qisqa tomonlari bo`yicha esa — 0,5 metrdan ko`p bo`lmasligi kerak.
- Har bir alohida qabr uchun o`lchami o`rtacha 2x1 m bo`lgan joy
(uchastka) ajratiladi. Qabrning o`lchamlari:
a) musulmon qabrlar uchun:
ayvon chuqurligi 1,20 —
chuqurligi 2,2 —
b) yevropa millatiga mansub qabrlar:
uzunligi - 2m., kengligi -1m., chuqurligi -tobut qopqog`igacha -1,5m.;
v) vafot etgan bolalarni dafn etishda qabr uchun joy (uchastka)ning
o`lchamlari tegishli ravishda kamaytirilishi mumkin.
- Har bir qabr ustidan (“sag`analar”dan tashqari) yer sathidan 0,5 metrbalandlikda tuproq ko`tarma (tepacha) (ko`tarma qabrni yer usti suvlaridan himoya qilish uchun undan chetga chiqishi kerak) yoki qabr usti plitasi bo`lishi kerak. Yer sathida “sag`ana” ko`rinishida barpo etiladigan musulmon qabrlari (yer osti suvlari sathi yuqori bo`lganda) yer usti suvlari va atmosfera yog`inlaridan himoyalangan bo`lishi kerak, buning uchun himoya qatlami barpo etilishi kerak va “sag`ana” o`lchamlarining yer sathida bo`yiga ko`ra 2,5 metrgacha, eni bo`yicha 1,5 metrgacha va “sag`ana” asosidan boshlab balandligi 1,5 metrgacha bo`lishiga yo`l qo`yiladi, yozuvlar uchun qabr ustidagi vertikal plita balandligi 1 metrgacha bo`lishi lozim.
- Har bir qabr tepachasiga dafndan so`ng majburiy tartibda beton ustunchao`rnatilib, unda mazkur qabristonning dafnlarni ro`yxatdan o`tkazish daftaridagi yozuvga muvofiq dafnning ro`yxatdan o`tkazish raqami ko`rsatilishi kerak.
Qabriston hududini tashkil etish:
- Qabristonning butun hududi o`ralgan bo`lishi kerak. Qabristonlar,odatda, serob mahalliy materiallardan (yig`ma temir-beton, g`isht, shlakoblok, arralangan va bo`laklangan toshlar, paxsa va boshqalardan) tiklangan, balandligi 2 metrdan past bo`lmagan, mustahkam to`siqqa (devorga) ega bo`lishi lozim. Qabristonning belgilanmagan joylaridan o`tish yo`llarini ochish qat’iyan taqiqlanadi.
- Qabristonning o`lchamiga bog`liq holda uning hududida quyidagi binova inshootlar bo`lishi mumkin: ma’muriy bino; xo`jalik imoratlari (omborxonalar); jamoat hojatxonalari; ishchilar uchun xona; ishchilar uchun yuvinish xonalari; marosim udumlari uchun bostirma va maydonchalar; tobut va anjomlar saqlanadigan xonalar; o`rindiqlar, axlat qutilari va boshqalar.
- Qabristonning ma’muriy binosi uning hududida, asosiy kirish joyiyaqinida bo`lishi kerak.
- Dafn etish uchun va qabrni ziyorat qilishga mo`ljallangan narsalar (gullarva boshqalar)ni sotish, odatda, qabristonga kiriladigan asosiy eshik yonida tashkil qilinadi.
- Barcha qabristonlar telefon aloqasiga ega bo`lishi zarur.
- Qabriston hududi ziyoratchilar va xizmat ko`rsatuvchi xodimlar
tomonidan yashil o`simliklarni sug`orish, maishiy ehtiyojlarini to`liq ta’minlashga yetarli miqdorda suv bilan ta’minlangan bo`lishi kerak.
Suv ta’minoti suv quvuri tarmog`iga ulanish, qabriston hududi yaqinida maxsus quduqlar qazish, nasos qurilmasi o`rnatish va yashil o`simliklarni sug`orish uchun sug`orish suv quvuri yoki irrigatsiya tizimlarini barpo etish yo`li bilan, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib o`rnatilgan tartibda hal qilinishi mumkin.
Ayrim hollarda xo`jalik-ichimlik suvi ehtiyojlari va sug`orish uchun suv ta’minoti suv tashish usuli bilan hal etilishi mumkin.
Qabristonlar hududidan xo`jalik-ichimlik suvi quvuri va suv tarmoqlari hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya magistral tarmoqlarini o`tkazish qat’iyan taqiqlanadi.
- Katta qabristonlar hududida suvni ochiq manbalardan (daryolar, ko`llar,kanal va ariqlardan) va yopiq suv manbalaridan (artezian quduqlardan) suv oladigan sug`orish suv quvuri tarmog`ini o`rnatish, zarur hollarda sug`orish maqsadlari uchun metall suv sig`imlari va ochiq ehtiyot rezervuarlari (havzalar) barpo etish tavsiya qilinadi.
- Qabriston hududi majburiy tartibda elektr energiyasi bilan ta’minlanishikerak. Qabristonlarda kirish joyi (eshigi), bosh xiyobonlar va asosiy yo`llar yoritilgan bo`lishi lozim.
Yakunlovchi qoidalar:
- Mazkur qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo`lgan shaxslarbelgilangan tartibda javob beradilar.
Buvayda tuman hokimining
2022 yil 3 iyundagi
103-11-154-Q/22-son qaroriga
2-ilova
Buvayda tuman hokimining “Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi yuzasidan
M A L U M O T N O M A
26.04.2022 yil Yangiqo`rg`on qishlog`i
Buvayda tuman hokimining “Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi o`rganib chiqildi.
Loyiha O`zbekiston Respublikasi “Dafn etish va dafn ishi to`g`risida”gi Qonunning 15-moddasi, Vazirlar Mahkamasining “Dafn etish va dafn ishi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2011 yil 4 apreldagi 101- sonqaror i ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan ishlab chiqilgan.
Buvayda tuman hokimining “Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi Adliya Vazirligi tomonidan 01.02.2013 yilda 2420-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash,yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnoma va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq holda ishlab chiqilgan deb hisoblayman.
Buvayda tuman hokimining mazkur qarori qabul qilinishidan oldin O`zbekiston Respublikasining 24.12.2012 yildagi “Normativ huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonunining 22-moddasiga ko`ra tuman hokimining normativ tusga ega bo`lgan ushbu qarori loyihasini qonunchilik talablariga muvofiq ekanligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o`tkazishlik uchun Buvayda tumani Adliya bo`limiga taqdim etish lozim bo`ladi.
Loyiha O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq.
Buvayda tumani hokimligi yuriskonsulti:
B.Raxmonov
Buvayda tuman hokimining
2022 yil 3 iyundagi
103-11-154-Q/22-son qaroriga
3-ilova
Бувайда туман хокимининг “Buvayda tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida “ги қарори лойиҳасини Ўзбекистон Республикасининг “Норматив ҳуқуқий хужжатлар тўғрисида”ги Қонунини 22-моддасига асосан ҳуқуқий экспертизадан ўтказиб беришингизни сўрайман.