Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI BUVAYDA TUMANI KENGASHINING QARORI

 2022-04-22 11:02:10    140

PDF yuklash
Chop etish


2022 - yil 4 - fevral                         VI-43-20-11-154-K/22                       Buvayda tuman hokimligi

 2021-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2018-yil  28-avgustdagi  “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-3917-sonli  hamda  2021-yil  13-apreldagi  “Byudjet  jarayonida fuqarolarning faol  ishtirokini  ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-5072-sonli  Qarorlariga  asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021- yil 4-maydagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-XXX/129-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi

QAROR QILADI:

1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 5-maydagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to‘g‘risida”gi VI-XXVIII-191-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27-bandiga asosan  2021-yilda  jamoatchilik  fikri  asosida  shakllantirilgan  tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar  yuzasidan tuman hokimligi  moliya bo‘limi mudiri v.v.b A.Ergashevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:e-qaror.gov.uz 04.02.2022 2021-yil  “Tashabbusli  byudjetlashtirish”  jarayoni  natijalari  bo‘yicha ma’lumotlar  1-  va  2-ilovaga  muvofiq;

2021-yilda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;

2021-yilda  “Fuqarolar  tashabbusi”  jamg‘armasidan  jamoatchilik  fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni  moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4.  2022-yil  fevral  oyida  o‘tkaziladigan  “Tashabbusli  byudjetlashtirish” jarayonining 1-bosqichi uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori 5 747 350.3 ming so‘m miqdorida tasdiqlansin.

4. Tuman hokimligi moliya bo‘limi v.v.b (A.Ergashev), Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi (B.Imomaliev), Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi (N.Karimov)  hamda mahalla fuqarolar  yig‘inlari  bilan birgalikda fevral  oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli byudjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.

5. Tuman hokimligi moliya bo‘limi v.v.b (A.Ergashev),  tuman hokimligi axborot  xizmati  (A.Solieva)  Tashabbusli  byudjetlashtirish  natijalari  bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq byudjet” axborot portali  hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har  chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.

6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining  "Mahalliy  byudjet,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish, investitsiyalar  va  tadbirkorlikni  rivojlantirish  masalalari  bo‘yicha  doimiy komissiyasi"  (X.Akbarov)ga,  ijrosini  ta’minlash  moliya-iqtisodiyot  va kambag‘allikni  qisqartirish  masalalari  bo‘yicha  tuman  hokimining  birinchi o‘rinbosari  D.Mirzaxalilov  zimmasiga  yuklatilsin.

Tuman hokimi                                              Ibragimov B. O