Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONODA DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARINI ANIQLASH

 2021-10-06 10:06:05    271

PDF yuklash
Chop etish


Аholining “jinsi”, “yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushunishga yordam berish uchun ro‘yxatga olish boshqa maʼlumotlarini tasniflash va ularni taqdim etishda muhim hisoblanadi. Jins va yoshga kelsak, bu maʼlumot ro‘yxatga olish doirasida so‘rov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs bo‘yicha maʼlumot yig‘ilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday maʼlumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qo‘shimcha belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatga olish milliy va submilliy darajalarda tug‘ilishni baholashni samarali tarzda hisoblash uchun maʼlumotlarni to‘plash imkonini beradi. Ro‘yxatga olish doirasida tug‘ilishni o‘rganish aholining tabiiy harakati statistikasining ishonchli tizimiga ega bo‘lmagan mamlakatlarda, uning maʼlumotlarini hisob lash uchun taqdim etish imkoniyati tufayli boshqa hollarda mumkin bo‘lmagan aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlarini ololmasligi uchun juda muhim hisob lanib, hatto tug‘ilishni to‘liq ro‘yxatga olish tizimiga ega mamlakatlar ham, baʼzi bir savollarni (“tirik tug‘ilgan bolalar” soni, “yashayotgan bolalar”, “nikohga kirish yoshi”) qo‘shish foydali hisoblanadi. Negaki, registr maʼlumotlarida mavjud bo‘lmagan maʼlumotlarni, jumladan, ijtimoy-iqtisodiy xususiyatlarini aks ettirgan jadvallarni olish imkonini beradi.

Ro‘yxatga olish doirasida har bir shaxsning jinsini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Аholining jinsi, yoshi bilan birga, aholi sonining boshqa xususiyatlari bilan ko‘pincha o‘zaro tasniflangan ro‘yxatga olish belgisidir. Shu bilan birga, ushbu uchun ajratilgan yacheyka iloji boricha to‘liq va aniq to‘ldirilishi juda muhimdir. Аgar maʼlumot bo‘lmasa, jinsi boshqa shaxs yoki uy maʼlumotlariga asoslangan holda aniqlanishi kerak.

Ro‘yxatga olish varaqasida har bir shaxsning jinsi (erkak yoki ayol) ro‘yxatga olinishi kerak  Аholi jinsi kesimida maʼlumotlarning taqsimlanishi gender statistikasini tuzishning asosiy talablaridan biridir. Ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlarga ko‘ra, ro‘yxatga olish jarayonida to‘planishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar, masalan, taʼlim, bandlik holati, nikoh holati, migratsiya, nogironlik va uy-joy sharoitlari, odatda, jinsga qarab farq qilishi mumkin. Аholi jinsi yoshi bilan bir qatorda, ro‘yxatga olish va boshqa tadqiqotlar doirasida shaxslar haqida yig‘iladigan, shuningdek, boshqa maʼmuriy hisob lar tizimida yuritiladigan va ushbu ko‘rsatkichlarni boshqa ko‘rsatkichlar bilan birlashtirishda aholining ko‘pgina ijtimoiy, demografik xususiyatlarini tahlil qilishga asos yaratadi.

U.Mahmudov,

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi.