Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
SAYYOR QABUL: YANGICHA TIZIMDA
2021-08-12 15:41:54 312
JORIY YILNING 23-IYUL KUNI AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMINI YANGICHA TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI BO'YICHA BO'LIB O'TGAN VIDEOSELEKTOR YIG'ILISHIDA PREZIDENTIMIZ, “VAZIRLIK VA IDORALAR O'Z YO'NALISHIDA ENG KO'P KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLARNI TAHLIL QILIB, ULARGA ANIQ YECHIMLAR TOPISHI SHART” EKANINI ALOHIDA TA'KIDLAB O'TGAN EDI.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgandayoq bir fikrni ta'kidlagandi: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.Bu elparvar tamoyil davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgilandi. Ko'p o'tmay, 2016-yil 28- dekabrda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi fuqarolar bilan mutasaddi idoralarni bog'lovchi tizimga aylandi.
Shundan so'ng joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yo'lga qo'yilgani odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta umid va ishonch uyg'otdi. Davlat idoralari quyi tizimga tushib, aholi ehtiyojlari va talablari asosida ishlashni boshladi.Davlatimiz rahbari odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o'zida bartaraf qilish kerakligini ta'kidladi.Tumanimizda ham tuman hokimi, sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudiri bilan birgalikda tuman hokimligi binosi oldida kunlik qabul tashkil etilib, murojaatchilar qabul qilinmoqda. Ushbu jonli muloqot va sayyor qabullar fuqarolarning ko'plab muammolarini tezkorlik bilan hal etish imkonini bermoqda.Joriy yilning o'tgan olti oyi davomida tumanimizda eng ko'p murojaatlar elektr energiyasi va gaz ta'minoti, bandlik, uy-joy, yer, tibbiy xizmat va xalq ta'limi masalalari bo'yicha bo'ldi. Jami 2 397 ta murojaatlar kelib tushib, ularning 1448 tasi ijobiy hal etildi. 453 tasiga huquqiy maslahat berildi. 496 ta murojaat esa ijroga qaratildi. Sud-tergov idoralariga adolat va ochiqlik kirib borayotgani natijasida odamlarning yillab hal bo'lmagan shikoyati ijobiy yakun topmoqda.Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan murojaatlarni qayta ko'rib chiqish orqali ularning ijobiy hal etilishiga alohida e'tibor qaratildi. Ayollarning murojaatlariga echim topish alohida nazoratda. Bugun deyarli barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo'yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratilib, joylarda o'tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Murojaatlarni har birini joylarga chiqib xalq bilan uchrashib ular dardiga quloq tutib bir oy ichida ko'rib chiqib , shu orqali aholining roziligiga erishish majburiyatini o'z zimmamga olaman. Sektor rahbarlari ham murojattlarni o'rganib hal etishga kafolat beraman.Darhaqiqat, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad. Zero, uning ro'yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlariga va ertangi kunga ishonishiga xizmat qiladi.
Buvayda tumani hokimligi axborot xizmati.