Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
TABRIK XATI
2020-01-15 14:25:06 595
Hurmatli Shuhrat Madaminovich!
Sizni, Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi va shaxsan o’z nomimdan Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan viloyat hokimi lavozimiga tayinlanganligingiz munosabati bilan chin dildan samimiy tabriklaymiz.
Siz respublikamiz yirik viloyatining rahbari sifatida Farg’ona viloyatini yanada rivojlantirish va xalqni rozi qilish yo’lida qat'iyat bilan ibratli ishlarga bosh bo’layapsiz.
Ayniqsa, milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida o’zingizga bildirilgan yuksak ishonchni har tomonlama oqlab, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini teran his qilgan holda, ularni amalga oshirish yo’lida sabot va matonat namunalarini ko’rsatib, mamlakat tarixida muhim yangilanishlar va o’zgarishlar ro’y berayotgan mas'uliyatli davrda Yurtboshimizga yelkadosh bo’lib, yurtimiz ravnaqi uchun sadoqat bilan xizmat qilayotganligingiz har qanday tahsinu e'tirofga munosibdir.
Sizning ulkan tashkilotchi va rahbarlik fazilatlaringiz bugun Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Siz kelgusida ham boy bilim va tajribangizni hudud va mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirish yo’lida to’la safarbar etishingizga ishonamiz.
Qadrli Shuhrat Madaminovich!
Farg’ona viloyati hokimi lavozimiga tayinlanganligingiz bilan yana bir bor qutlar ekanmiz, Sizga mustahkam sog’lik-salomatlik, kuch-quvvat, sharafli ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat va ehtirom ila,
Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi nomidan
Quvondiq Sanaqulov, O’zbekiston Qahramoni