Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
“Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
2024-10-11 10:36:51 2057
Uchrashuvda sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, mahalla yoshlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan navbatdagi uchrashuvda ham yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda 75 dan ortiq yoshlar o‘zlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etishdi. Muloqot davomida yoshlar ish joy, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, IT va xorijiy tillarni bepul o‘rganish uchun sharoitlar va huquqiy maslaxatlar bilan murojaat qilishdi.
Uchrashuv so‘ngida yoshlar bandligini ta‘minlash uchun yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.