Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Giyohvandlikka qarshi kurashish dolzarb oyligi
2024-10-04 10:27:35 1219
Tuman hokimligida majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son farmoni bilan tasdiqlangan Milliy strategiyadagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimligi, prokuratura, IIB, DSI, MMTB hamda jamoachilik bilan ish olib boruvchi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi
Seminarda qatnashgan mas’ullar giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga ta’siri va oqibatlari, tumanimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, aholida ularni iste’mol qilishga qarshi “immunitet”ni shakllantirish bo‘yicha ma’ruza qilib, tushunchalar berishdi