Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda tumanida g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish, paxta yig‘im-terimiga va don ekishga tayyorgarlik yuzasidan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

×

 2024-08-26 07:58:49    787

PDF yuklash
Chop etish


Seminarda  tuman hokimi, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda  nuroniylar ishtirok  etdilar.
Dovudpir MMTP hududidagi “Unumdor tuproq zamini” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda paxta yig‘im-terimiga kirishish oldidagi so‘nggi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalashni g‘o‘zaning biologik yetilganligiga qarab o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish, qo‘llaniladigan defoliantlarni to‘g‘ri tanlash hamda 2025 hosili uchun don ekish mavsumini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida Qur’on tilovati qilinib, jonliq so‘yildi. Nuroniylar ishtirokida davlatimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi, bo‘lajak hosil barokatli bo‘lishligi so‘ralib duoyi xayrlar qilindi.