Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda tumanida Qishloq xoʻjaligi sohasida elektr energiyasini tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amaliy seminar oʻtkazildi

×

 2024-08-16 10:23:06    1241

PDF yuklash
Chop etish


Hozirgi kunda Tumanda yuqori kuchlanishda ishlovchi 168 ta suv nasoslari mavjud boʻlib, mavsum davomida 17 million kv elektr energiyasini sarflaydi. Agarda suv nasoslari elektr energiyasini tejovchi suv nasoslari bilan almashtirilsa 7 million kv elektr energiyasi tejab qolinadi. Bu esa Fermer xoʻjaligiga Elektr taʼminoti uchun xarajatlarini teng yarmiga qisqartiradi.
Qoʻngʻirot MMTP hududidagi "Bahtiyor Doniyor" Fermer xoʻjaligi oʻrnatgan suv nasoslari bunga yaqqol misoldir. Amaliy seminar aynan shu joyda tashkil etilganligi ayni muddao boʻldi. Seminar ishtirokchilari  yuqori kuchlanishda ishlovchi suv nasoslari bilan bir xil hajmda suv chiqarayotgan suv nasosini koʻrib, bunday texnikalarni oʻzlarining Fermer xoʻjaliklarida ham joriy etishni maqsad qildilar.