Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi
2024-03-07 12:29:59 1019
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi ijrosi doirasida Buvayda tuman prokuraturasi va IIB hamkorligida probatsiya nazoratida turgan shaxslarni ijtimoiy moslashishiga yordam berish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, ularni axloqan tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda hududda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
Buvayda tumani prokurori o’rinbosari O.Qodirov tomonidan hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor berilib, xodimlarga qonunchilik va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.