Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi oltmish toʻrtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
2024-01-24 18:58:28 1268
Sessiya ishida deputatlar, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot va muassasa rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga koʻra dastlab Buvayda tumanida qonuniylikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan o‘tgan 2023 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori, adliya maslahatchisi Z.M.Sulaymonov axborot berdi.
Shundan soʻng, Buvayda tumani IIB boshlig‘i R.T.Xayitovning “2023 yilning 12 oyi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi rahbari Nodirjon Umurzoqovning 2023 yilning 12 oyi davomida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan faoliyati to‘g‘risida axboroti berdi.
Kun tartibiga kiritilgan oxirgi masala yuzasidan Buvayda tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 12 oyi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida Buvayda tuman Adliya boʻlimi rahbari Nurali Ismoilovning axboroti tinglanadi
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.