Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
MIB qarzdorning avtotransport vositasini auksion savdosiga chiqardi.
2023-12-26 11:30:35 485
Byuroning Buvayda tuman bo‘limi tomonidan banklar foydasiga kredit qarzdorligini undirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Jumladan, joriy yilda bo‘lim tomonidan banklar foydasiga 23,8 mlrd. so‘m mablag‘ undirilishiga erishildi.Kredit qarzdorligi qarzdor tomonidan ixtiyoriy to‘lanmagan taqdirda unga tegishli mol-mulklarni xatlab sotish orqali kredit qarzdorligini qoplashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 18.05.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Bag‘dod iqboli” fermer xo‘jaligidan undiruvchi AT Xalq banki foydasiga 83.008.000 so‘m kredit qarzdorligi undirish belgilangan.Mazkur ijro hujjati Byuroning Buvayda tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach ijro ishi yuritishi qo‘zg‘atilib, majburiy ijro harakatlari olib borildi.Ya’ni, qarzdorlik fermer xo‘jaligi tomonidan to‘lanmaganligi sababli undiruv sudning hal qiluv qarorida belgilanganidek qo‘shimcha javobgar F.Xoltojiyevga tegishli “Lacetti” rusumli 40 J 040 CA raqam belgili avtotransport vositasiga qaratildi.Avtotransport vositasi MIB xodimlari tomonidan xatlanib, belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionda sotish uchun buyurtma berildi.