Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
''Hokim va yoshlar'' uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2023-12-20 12:32:23 735
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov boshchiligida 480 nafardan ortiq yoshlar, yetakchilar va OAV vakillari ishtirok etgan ochiq muloqotda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Tuman hokimi joriy yilda yoshlar sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. ''Yoshlar daftari'' orqali yoshlarga berilgan yordamlarga alohida to‘xtaldi.
Erkin, o‘zaro ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan 27 ta taklif va murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning ijobiy yechimi bo‘yicha masullar biriktirildi.
Tadbir davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalar g‘oliblari, maktab va ko‘cha sardorlari, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqa sovrindorlari, mahallalardagi eng namunali yoshlar yetakchilari tuman hokimligining diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.