Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida aliment majburiyatini bajarmagan 4 nafar mas’uliyatsiz otalarga nisbatan sud qarori o‘qildi.
2023-12-13 10:12:46 862
Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tumani sudiga taqdim qilindi
Mazkur ma’muriy ishlar JIB Buvayda tuman sudida ko‘rib chiqilib, qarzdorlar ya’ni B.Ergashaliyev 5.4 mln.so‘m, S.Sulaymonov 12.4mln.so‘m, M.Ibragimov 12.1 mln.soʻm, A.Raxmonov 49.2 mln.soʻm miqdorida aliment pullarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli sud qarzdorlarning 1nafariga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 3 nafari esa yetkazilgan zararni to‘liq to‘laganligi sababli MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan ish yuritishdan tugatildi
Byuroning Buvayda tumani bo‘limi.