Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
2023-12-07 12:43:31 1375
Sessiya ishida deputatlar, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot va muassasa rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga ko‘ra, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga qish mavsumi uchun ko‘mir hamda oziq-ovqat maxsulotlari sotib olish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzahalilov Dilshodjon Saminjonovichning axboroti tinglandi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.