Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 15-maktab uchun yangidan qo‘shimcha bino qurib bitkazildi
2023-12-07 09:27:44 809
Konstitutsiya bayrami arafasida Buvayda tuman 15-maktabda "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida 180 oʻrinli qoʻshimcha bino foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Buvayda tuman hokimi, Tuman Prokurori hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Endilikda ikki smenada faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasasi bir smenada faoliyat yurita boshladi. Bu esa oʻquvchi va oʻqituvchilar hamda ota-onalarga manzur boʻlmoqda.