Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”
2023-12-07 09:27:14 571
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan tarixiy sananing 31 yilligi munosabati bilan Buvayda tumanida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugun Tumanimiz Madaniyat markazida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni Buvayda tumani Hokimi Behzodjon Ibragimov ochib berdilar.Shundan soʻng Tuman adliya boʻlimi boshligʻi Yangi tahrirdagi konstitutsiya haqida maʼlumot berdi.
Tuman madaniyat boʻlimi xodimlari hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yahyobek Moʻminovlar ishtirokidagi badiiy chiqishlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.