Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida aliment majburiyatini bajarmagan 2 nafar mas’uliyatsiz otalarga nisbatan sud qarori o‘qildi.
2023-12-01 11:02:45 760
Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tumani sudiga taqdim qilindi⚡️⚡️Mazkur ma’muriy ishlar JIB Buvayda tuman sudida ko‘rib chiqilib, qarzdorlar ya’ni Yu.A 8.6 mln. so‘m, R.A 16.2 mln. so‘m miqdorida aliment pullarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli sud qarzdorlarning 1 nafariga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 1 nafari esa yetkazilgan zararni to‘liq to‘laganligi sababli MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan ish yuritishdan tugatildi