Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida aliment majburiyatini bajarmagan 4 nafar mas’uliyatsiz otalarga nisbatan sud qarori o‘qildi.
2023-10-23 08:52:07 545
Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati bo‘yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tumani sudiga taqdim qilindi Mazkur ma’muriy ish JIB Buvayda tuman sudida ko‘rib chiqilib, qarzdorlar ya’ni Gʻ.Gʻoziyev 63,1 mln. so‘m, E.Nazarov 3,8 mln. so‘m, A.Dexqonov 36,3 mln. so‘m, M.O‘rinov 16,4 mln so‘m miqdorida aliment pullarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli sud qarzdorlarning 3 nafariga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 1 nafariga esa yetkazilgan zararni to‘liq to‘laganligi sababli MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan ish yuritishdan tugatildi.
Byuroning Buvayda tumani bo‘limi!!!