Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Avtomobil yo`llari yoqasida joylashgan maktab o`quvchilarini avtomobil yo`lini kesib o`tishida xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu yo`lda haraktlanuvchi avtotransport vositalari tezligini pasaytirish uchun sun’iy notekislik tashkil etish hamda tegish
2023-10-11 11:16:17 1076
Buvayda tumanida avtomobil yo`llarining quyidagi qismlariga avtotransport vositalarini tezligini pasaytirish, maktab o`quvchilarini avtomobil yo`lini kesib o`tishda xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy notekislik tashkil etish va tegishli yo`l belgilarini o`rnatishga ruhsat berildi:
- 4H-972 “Yangiqo`rg`on shaharchasi – Oqtom – Karimbobo” avtomobil yo`lining 1-3 km oralig`ida joylashgan 1 va 6-maktablar;
- 4K-884 “Qoratepa - Qirg`izqo`rg`oncha” avtomobil yo`lining 4-8 km e-qaror.gov.uz 174-11-154-Q/23 2 oralig`ida joylashgan 8, 9 va 41-maktablar;
- 4K-883 “Yangiqo`rg`on shaharchasi – Qo`rg`oncha - Jov” avtomobil yo`lining 4-18 km oralig`ida joylashgan 11, 12, 35 va 42-maktablar;
- 4K-885 “O`roqchi – Buvayda” avtomobil yo`lining 3-8 km oralig`ida joylashgan 21, 22 va 33-maktablar;
- 4K-866 “Yangiqo`rg`on – Buvayda - Gul” avtomobil yo`lining 1 km qismida joylashgan 15-maktab;
- 4K-882 “Beshterak – Arab” avtomobil yo`lining 7-8 km oralig`ida joylashgan 29-maktab;
- 4K-883b “Oltinqo`rg`on qishlog`iga” avtomobil yo`lining 1 km qismida joylashgan 31-maktab;
- 4K-912 “Buvayda q – ShBK” avtomobil yo`lining 1 km qismida joylashgan 39-maktab;
- 4K-881 “Uchko`prik – Jaloyer - Arab” avtomobil yo`lining 19 km qismida joylashgan 48-maktab