Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Tuman yoshlari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda
2023-10-07 22:12:18 509
Buvayda tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlarga subsidiya va mehnat qurollarini ajratish orqali bandligini ta'minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Tuman Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan navbatdagi 32 nafar yoshlarga "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘z-o‘zini band qilishlari uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar topshirildi.
Joriy yilning shu kuniga qadar 112 nafar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga o‘z-o‘zini band qilishlari uchun subsidiya va mehnat qurollari ajratilgan.