Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov tomonidan aholining ijtimoiy holatini yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2023-09-06 07:07:44 287
Xususan, tuman prokurori tomonidan markaziy dehqon bozorida aholiga yaratilgan qulayliklar, sotilayotgan mahsulotlarning narxlari, sifati, bozor hududining sanitariya-gigiyenik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman prokurori 2-sektor hududida joylashgan "Sho‘rqishloq" "Turk" "Qum" "Urganji" "Jilva" MFYlarda yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi mavjud hamda yakka-yolg‘iz yashovchi keksalarning yashash xonadonlariga borilib, ularga bir martalik zaruriy oziq-ovqat maxsulotlari berildi.
Bundan tashqari, 2-sektor rahbari 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchi bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
https://t.me/Buvaydaaxborotxizmati