Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida "Og‘ir" toifaga kiritilgan yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
2023-08-23 07:55:57 193
Jumladan, Tuman prokurori Z.M.Sulaymonov tomonidan Tibbiyot birlashmasi, Elektr tarmoqlari korxonasi, Gaz ta’minoti, Oila va xotin-qizlar hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbarlari bilan birgalikda "Urganji" MFY da yashovchi, Tuman prokuroriga biriktirilgan "Og‘ir" toifadagi 15 nafar yoshlarning xonadonlariga borilib, ularga tegishli yordamlar ko‘rsatildi.
Xususan, nogironligi yoki surunkali kasalligi mavjud yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda bepul dori vositalari tarqatildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.