Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumani prokurori Z.M.Sulaymonov tomonidan aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida 2-sektor hududida joylashgan “Shodlik” MFYda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
2023-08-17 16:44:42 210
Qabulda 1 ta subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, 2 ta moddiy yordam, 3 ta arzonlashtirilgan ko‘mir mahsulotlari olish va 4 ta boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir jami 10 ta murojaatlar tinglanib, shundan 4 tasi joyida hal etildi.
Misol uchun, Buvayda tumani, "Shodlik" MFYda yashovchi fuqaro A.Ma’murovning arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti olish masalasida yo‘llagan murojaati sayyor qabul davomida qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida kelib tushgan boshqa murojaatlar nazoratga olinib, belgilangan tartibda hal etilishi bo‘yicha tegishli ma’sullarga ko‘rsatmalar berildi.