Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tuman hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
2023-08-14 16:30:56 196
Buvayda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov 2-sektor hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Dastlab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar va qulaylik atroflicha tushuntirildi. Shundan soʻng Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi.
Ochiq muloqotda 11 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi. Murojaatlarning 5 tasi imtiyozli kredit olish, 4 tasi gaz va elektr va 2 tasi boshqa masalalarda boʻldi. Kommunal sohadagi masalalar shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar ijroga qaratildi.
Uchrashuv davomida qayd etilgan barcha taklif va muammolar yechimi bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa va rejalar belgilandi.
Murojaatlar ijrosi va nazorati Tuman hokimi 1-oʻrinbosariga yuklatildi
Shu kabi ochiq muloqot shaklidagi mahalladagi muammolarni o‘rganishga qaratilgan tadbirlar joylarda davom etmoqda.