Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Bola puli olish uchun arizani bolani otasi xam topshirishi mumkinmi?
2022-12-30 12:02:48 294
SAVOL:
Bola puli olish uchun murojaat qilganimda, Siz bu yerda ro‘yxatda turmas ekansiz deb arizamni rad qilishdi. Men xali propiskamni kelin bo‘lib tushgan honadonimga ko‘chirmaganman. Shu arizani meni o‘rnimga turmush o‘rtog‘im yozib topshirsa xam bo‘ladimi ?
JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda, oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zolaridan biri bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun ariza topshirishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Demak turmush o‘rtog‘ingiz xam bemalol ariza topshirishi mumkin.
Buvayda tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi M.Abdullayev