Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bilan yangicha turdagi intizomiy jazo turlari joriy qilinadi

 2022-12-30 11:52:44    279

PDF yuklash
Chop etish


  Yangiliklardan biri, davlat fuqarolik xizmatida ishlaydigan xodimlarga qo‘llaniladigan intizomiy jazolar bilan bog‘liq. Yangi Qonunning 46-moddasiga asosan, davlat fuqarolik xizmatchilariga quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi:

➖xayfsan;

➖o‘rtacha ish haqining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi jarima;

➖malaka darajasini pasaytirish;

➖lavozimini pasaytirish;

➖egallab turgan lavozimidan ozod qilish.
Amaldagidan farqi:

➖birinchidan, amaldagi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq, agar korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, xodimga o‘rtacha ish haqining 50 foizigacha jarima ham qo‘llanilishi mumkin. Yangi qonun kuchga kirganda esa (2022 yil 10 noyabrdan) davlat fuqarolik xizmatchilariga faqatgina 30 foizlik jarima qo‘llaniladi xolos. Undan oshishi mumkin bo‘lmaydi.

➖ikkinchidan, malaka darajasini pasaytirish, butunlay yangicha jazo. Yangi Qonunga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchilariga darajalar beriladi, masalan oliy darajali maslahatchi, 1-darajali maslahatchi, 1-darajali xizmatchi, 2-darajali xizmatchi va hokazo. Demak, yaqin oylarda intizom buzilganligi uchun ana shunday malaka darajalarini pasaytirish choralari ham qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi.

➖uchinchidan, lavozimini pasaytirish jazosi ham davlat fuqarolik xizmatchilari uchun yangilikdir. To‘g‘ri, bunday chora ba’zi bir davlat organlarida bor, lekin umumiy davlat xizmati sohasida yo‘q bu chora. Xodim intizom buzganligi uchun uni undan so‘ramasdan turib, boshqa pastroq bo‘lgan lavozimga o‘tkazish amaliyoti ham mana endi intizomiy jazo sifatida qo‘llaniladi.

➖to‘rtinchi holat, e’tibor bering, umumiy holatlarda mehnat shartnomasini bekor qilish amaliyoti endilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida “egallab turgan lavozimidan ozod qilish” ma’nosida ham qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi. Bu yerda albatta biz, MK 100-modda 2-qismi 3 va 4-bandlaridagi intizomsiz xodimni intizomiy jazo sifatida ishdan bo‘shatishni nazarda tutyapmiz.


Buvayda tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi  M.Abdullayev