Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Sayyor sud va davra suhbati
2022-12-06 16:11:01 276
Buvayda tumani Pedagogika kolleji binosida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining raisi B.Mo‘minov, tuman prokurori yordamchisi S. Akbarov, MIB vakillari hamda Buvayda tumani Pedagogika kollejining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining raisi B.Mo‘minov ma’ruza qilib, Bosh qomusimizning hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati, qabul qilinishi, kiritilgan o‘zgartirishlar, zo‘rlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ishtirokchilarga keng tushunchalar berdi. Shundan so‘ng, voyaga yetmaganlarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq 2 ta jinoiy va 4 ta ma’muriy ish Buvayda tumani Pedagogika kollejining majlislar zalida sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilindi.