Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy boshlang‘ich maktab tashkil etildi, innovasion avtomaktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2022-12-02 13:05:55 451
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Buvayda tumanidagi o‘rganishlari davomida Beglar MFY hududida barpo etilgan, loyiha qiymati 1 milliard 800 million so‘m bo‘lgan “Little Harvard” xususiy maktabida ham bo‘ldi.
Tadbirkor Otabek Muhammadaliyev davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida tuman mudofaa ishlari bo‘limining 1 qavatli binosini 1,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflab, qo‘shimcha ikkinchi qavat barpo etgan holda qayta ta’mirlab zamonaviy ko‘rinishga keltirib berishi evaziga unga tuman mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan xususiy maktab qurish uchun yer maydoni ajratilgan.
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan 192 o‘rinli ta’lim maskani O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ingliz va rus tili hamda mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishga ixtisoslashgan ushbu muassasada 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Viloyat hokimi tumandagi “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududida “Egamberdi ota fayz baraka savdo” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan innovasion Avtomaktab faoliyati bilan ham tanishdi.