Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvaydada yangi zamonaviy tibbiyot muassasasi va maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi
2022-12-02 13:00:08 445
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Buvayda tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar jarayonida yangi tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
“Yashnarobod” MFY hududida "Zahro Med Sentr" MCHJ tomonidan qurilish va jihozlash uchun 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish hisobiga tashkil etilgan zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasasida umumprofilaktik, endokrinologik, somatik va boshqa kasalliklarni diagnostikasi hamda davolash yo‘lga qo‘yilgan. Klinikada 20 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining doimiy bandligi ta’minlangan.
“Urganji” MFYda “Koinot afsonalari” MCHJ tomonidan tashkil etilgan hususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti mahallada yashovchi oilalarning 100 nafardan ziyod farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olgan. Loyiha qiymati 6 milliard so‘m bo‘lgan ushbu muassasa jami 310 o‘ringa ega.