Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
ICHKI ARIQLAR KOVLANMOQDA
2022-12-02 11:42:40 291
Ayni kunlarda tumandagi ichki ariqlarni tozalash, kavlash va qirg‘og‘iga qalamcha o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Xususan,Buvayda irrigasiya bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiqadam kanalining 14 kilometri kovlanishi ko‘zda tutilgan. Ayni kungacha 5 kilometr ariq kovlandi.
Shuningdek, Qo‘rg‘onobod MMTP hududidagi “Jasmina-Shabbona” fermer xo‘jaligi rahbari tashabbusi bilan 2.1 kilometr ariq kovlanishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda ariq tozalash ishlari boshlab yuborildi. Shu kungacha 400 metr ariq kovlanib, qirg‘oqlariga qalamchalar o‘tqazildi.
Tumandagi “Otabek-Durbek” va "Karimjon hoji-777" fermer xo‘jaliklarida ham ichki ariqlarni kovlash va qalamcha ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.