Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
XALQ DEPUTATLARI BUVAYDA TUMANI KENGASHINING QARORI
2022-09-17 15:15:01 286
2022 - yil 25 – iyul VI-49-82-11-154-K/2 Buvayda tuman hokimligi
Buvayda tumanida 2022-yilning II choragida jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar
hisoboti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet
ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-
apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi
KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida
jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-43-21-11-154-К/22-sonli
qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta'minlash
maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashi
QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi
“Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash
to‘g‘risida”gi VI-43-21-11-154-К/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy
Nizomning 27-bandiga asosan Buvayda tumanida 2022-yil II choragida
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri v.v.b A.Ergashevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:
- 2022-yil II choragida “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoni natijalari
bo‘yicha ma’lumotlar 1- va 2-ilovaga muvofiq;
- 2022-yil II choragida“Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining
shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;
- 2022-yil II choragida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik
fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish
uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi v.v.b (A.Ergashev), Mahalla va
nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (B.Imomaliyev), Yoshlar ishlari agentligi
tuman bo‘limi (N.Karimov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda
iyul oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng
jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borsinlar.
4. Tuman hokimligi moliya bo‘limi v.v.b (A.Ergashev), Tuman hokimligi
axborot xizmati (A.Soliyeva) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha
ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot
portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak
yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib
borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Buvayda tuman
Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha” doimiy
komissiyasi raisi (H.Akbarov), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o’rinbosari (D.Mirzahalilov) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Odiljonovich I.B.