Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ БУВАЙДА ТУМАНИ ҲОКИМИНИНГ ҚАРОРИ

 2022-07-22 15:26:41    397

PDF yuklash
Chop etish


2022 - yil 24 - iyun VI-46-69-11-154-K/22

Buvayda tuman hokimligi  Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahalla tashkil etish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-son qarori, Buvayda tuman hokimi va Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarning “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘inining hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallani tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga asosan Xalq deputatlari Buvayda tuman KengashiQAROR QILADI:1. Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini  hududiychegarasini o‘zgartirish va yangi mahallani tashkil etish to‘g‘risidagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Buvayda tuman komissiyasining 2022-yil 12-apreldagi 01/29-sonli bayoni, Buvayda tuman hokimi va “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan berilgan takliflar ma’qullansin.2. Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘inining hududiychegarasini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini ro‘yxati  hamda uning nomi 1-ilovaga, yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yig'ini chegaralari va tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.3. Buvayda tumanida  mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 56 ta deb yuritilsin.4. Tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi(B.Imomaliyev), tuman qurilish bo‘limi (A.Yusupov), tuman “Ermulkkadastr” bo‘limi (I.Sodiqjonov), tuman davlat soliq inspeksiyasi (T.Arzimatov), tuman statistika bo‘limi (A.Mirzaakbarov), tuman moliya bo‘limi (A.Ergashev), tuman davlat xizmatlari markazi (N.Manazarov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini nomi, chegaralari, aholi va xonadonlar sonini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, elektron bazani shakllantirish, moliyalashtirish va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirsinlar.5. Buvayda tuman IIB boshlig‘i  (R. Xayitov) tuman hududidagi chegarahududlari o‘zgargan mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarga yangi pasport berish va ularni ro‘yxatga qo‘yishda yangi nomlar bilan yozilishini tashkil etsin.6. Buvayda tuman hokimining birinchi o‘ribosari (D. Mirzahalilov), tumanhokimligi moliya bo‘limi v.v.b  (A. Ergashev)lar yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun zarur mablag‘larni mahalliy byudjetdan belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘rilsin.7. Buvayda tuman hokimligi matbuot xizmati (A. Soliyeva)ga mazkurqarorni ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qilsh tavsiyasi berilsin.8. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan so‘ng kuchga kiradi.9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Buvayda tumanKengashining barcha doimiy komissiyasi raislari va Buvayda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (B.Imomaliyev) zimmasiga yuklatilsin.  Tuman hokimi Odiljonovich I. B. 

Xalq deputatlari Buvayda tumanKengashining2022 yil 24 iyundagiVI-46-69-11-154-K/22-son qaroriga1-ilovaBuvayda tumanidagi Maslahat mahalla fuqarolar yig‘inining hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini ro‘yxati va ularning nomlari T/r Bo‘linadigan MFY nomi Bo‘lish hisobiga yangi tashkil etilgan MFYning nomi Izoh1. Maslahat Chirkay “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish,shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-son qarori, Buvayda tuman hokimi va Buvayda tumanidagi Maslahat mahalla fuqarolar yig‘inining hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallani tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga asosan   
Xalq deputatlari Buvayda tumanKengashining2022 yil 24 iyundagiVI-46-69-11-154-K/22-son qaroriga2-ilovaBuvayda tumanidagi hududiy chegaralarni qayta ko‘rib chiqish hisobiga bo‘linayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan mahallalarning chegaralari va tavsifi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini chegarasi va tavsifi: Markazi:      Buvayda tumani, Maslahat MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi 2-uy;Aholisi:      3207  nafar;Oila:      849 taXonadon:     593 ta Chegarasi:Toshkent –O‘sh katta magistral yo‘lining chap tomonidan Shodlik ko‘chasining shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishida Jiydali MFY va Dodxo MFYlarga chegaradosh. Ushbu yo‘lning o‘ng tomonidan janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab Bag‘dod tumani Olchin MFY va Cho‘lyunus MFYlariga chegaradosh. Shimoliy-sharqiy yo‘nalishi tomonidan “Maslahat qabristoni”dan Maslahat MFY Istiqlol ko‘chasigacha, shimol tomondan Maslahat MFY Doimobod ko‘chasidagi katta zovurgacha chegaradosh.    “Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘ini chegarasi va tavsifi: Markazi:      Buvayda tumani, Chirkay qishlog‘i, Istiqlol ko‘chasi  2-uy;Aholisi:      3052 nafar;Oila:      726 taXonadon:     540 ta Chegarasi:Toshkent –O‘sh katta magistral yo‘lining chap tomonidan Maslahat MFYMustaqillik ko‘chasining shimoliy-sharqiy yo‘nalishida Bag‘dod tumani Karimbobo MFY va Cheksaroy MFY bilan chegaradosh. O‘ng tomoni Bag‘dod tumani zovurgacha. Janubiy-g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab Maslahat MFYning Tinchlik ko‘chasiga chegaradosh. Shimoliy-sharqiy yo‘nalishi tomonidan Jiydali MFY bilan chegaradosh.  Toshkent –O‘sh katta magistral yo‘lining sharqiy yo‘nalishi bo‘ylab Bag‘dod tumani katta zovurgacha.   
Xalq deputatlari Buvayda tumanKengashining2022 yil 24 iyundagiVI-46-69-11-154-K/22-son qaroriga3-ilovaHalq deputatlari Buvayda tuman kengashining “Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahalla fuqarolar yig‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi yuzasidan                                                           M A L U M O T N O M A 03.06.2022 yil                                                                                           Yangiqo`rg`on qishlog`i  Halq deputatlari Buvayda tuman kengashining  “Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahalla fuqarolar yig‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi  o`rganib chiqildi.Loyiha  “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risid”gi O‘zbekistona Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48son qaroriga muvofiq  “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan ishlab chiqilgan.     Halq deputatlari Buvayda tuman kengashining  “Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahalla fuqarolar yig‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi Adliya Vazirligi tomonidan 01.02.2013 yilda 2420-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash,yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnoma va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq holda ishlab chiqilgan deb hisoblayman.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O`zbekistonRespublikasi Adliya Vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy sora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorining 4-bandiga asosan normativ huquqiy hujjatlar loyihasi tuman hokimligi tomonidan 30.04.2022 yilda O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o`tkazilishi uchun joylashtirilgan. Qaror loyihasida jamoatchilik muhokamasi natijalari e’tiborga olingan.   Halq deputatlari Buvayda tuman kengashining  mazkur qarori qabul qilinishidan oldin O`zbekiston Respublikasining 24.12.2012 yildagi “Normativ huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonunining 22-moddasiga ko`ra tuman hokimining   normativ tusga ega bo`lgan ushbu qarori loyihasini qonunchilik talablariga muvofiq ekanligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o`tkazishlik uchun Buvayda tumani Adliya bo`limiga taqdim etish lozim bo`ladi.Loyiha O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq.  Buvayda tumani hokimligiyuriskonsulьti:                                                                     B.Raxmonov         FARG`ONA VILOYaTI BUVAYDA TUMANI HOKIMLIGI       151900, Buvayda tumani, Yangiqo`rg`on MFY Do`stlik ko`chasi, 2-uy  Tel: (73) 529-11-43, (73) 529-12-71buvaydatumanhokimligi1@mail.ru       2022-yil  ____ - _____________              _____________                         Buvayda tumani Buvayda tuman adliya bo`limiboshlig`i ga   Halq deputatlari Buvayda tuman kengashining  “Buvayda tumanidagi “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahalla fuqarolar yig‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi   qarori loyihasiniO`zbekiston Respublikasining “Normativ huquqiy xujjatlar to`g`risida”gi Qonunini 22-moddasiga asosan huquqiy ekspertizadan o`tkazib berishingizni so`rayman.  

 Tuman hokimi:                                       B.Ibragimov