Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ БУВАЙДА ТУМАНИ ҲОКИМИНИНГ ҚАРОРИ

 2022-07-22 15:23:21    324

PDF yuklash
Chop etish





2022 - yil 9 - iyun                                        134-11-154-Q/22                             Buvayda tuman hokimligi

Tumanda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida

Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalari, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 8, 12-moddalariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida,

QAROR QILAMAN:

  1. Quyidagilar:

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish tartibi (keyingi

o‘rinlarda -Tartib) 1-ilovaga;

Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish me’yorlari (keyingi o‘rinlarda – Me’yorlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi (Sultonov) jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy

foydalanishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tartib va Me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatsin.

  1. Ushbu qarorni “Buvayda ko`zgusi” gazetasida rasman e’lon qilish hamdatuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.
  2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosariS.Xizirov zimmasiga yuklansin.

                    Tuman hokimi                                           Odiljonovich I. B.

Buvayda tuman hokimining

2022 yil 9 iyundagi

134-11-154-Q/22-son qaroriga

1-ilova

O‘simlik dunyosi obektlaridan umumiy foydalanish TARTIBI

  1. Ushbu Tartib tuman hududida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi,

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi o‘simliklarning texnik, dorivor xom ashyosini, shuningdek, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari, hayotiy zarur ehtiyojlari uchun bepul g‘amlash (yig‘ish)dagi umumiy foydalanish tartibini belgilaydi.

  1. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari,mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan ajratib olish deganda o‘simliklarni yig‘ish, terish, g‘amlash hamda o‘sish muhitidan ajratib olmasdan yoki fenologik kuzatuv, foto-videoga olish, madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik zavq olish tushuniladi.
  2. Jismoniy shaxslarning xayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holdao‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish kishi boshiga bir yilga cheklangan miqdorlarda tekin (bepul) amalga oshiriladi.
  3. O‘simlik dunyosi ob’ektlarining biologik xilma-xilligi va barqarorfoydalanilishini saqlash maqsadida, jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olishning kishi boshiga bir yilga tekin amalga oshiriladigan cheklangan miqdorlari viloyat hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
  4. Mazkur Tartib asosida umumiy foydalanishda avtomobil va poezdlarningyo‘l yoqalaridagi va ekologik jihatdan toza hudud hisoblanmaydigan (avto va magistral yo‘l, har qanday poezd yo‘llari, chiqindilar oqiziladigan va chiqariladigan hududlar) hududlardagi va yashil zonalardagi (shahar, qishloq va boshqa aholi punklarida yashil ekinlarni saqlash inson salomatligi uchun me’yoriy gaz almashinuvini ta’minlash, atmosferada karbonat angidrid gazining saqlanishini kamaytirish maqsadidagi barcha daraxt va butalar mevalari) ekologik jihatdan toza mahsulot hisoblanmaydigan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
  5. Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holdao‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish miqdori davlat zahira yer maydonlarida ushbu Tartibga muvofiq va o‘rmon xo‘jaligidagi davlat organlari va boshqa idoralar egaligida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi hududidagi o‘simlik ob’ektlaridan umumiy foydalanish (fuqarolar iste’moli va ehtiyoji uchun) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
  6. O‘simlik dunyosi ob’ektlarining biologik xilma-xilligi va barqarorfoydalanishini saqlash maqsadida, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan ajratib olish yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv bo‘yicha foydalanuvchining hayotiy zarur ehtiyojlari bilan kishi boshiga bir yilga tekin amalga oshiriladigan cheklangan miqdorlarinigina jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga bepul olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishlari mumkin.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan hamda yo‘qolishxavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan halqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (SITES) ning I, II, III ilovalariga kirmaydigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, ularning qismlari mevalari, urug‘lar va botanika kolleksiyalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalar olish umumiy foydalanish uchun belgilangan normalardan oshgan hollarda talab qilinadi.
  8. Mazkur Tartib quyidagi o‘simlik ob’ektlariga nisbatan amal qilmaydi: aholi uy va shaxsiy tomorqalari, xususiy yer uchastkalari, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishda maqsadli ekilgan madaniy o‘simliklar, ular mevalari (shu jumladan daraxt va buta mevalari), tez o‘suvchan daraxt va butalar mevalari; yovvoyi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini pitomnik va plantatsiyalarda ko‘paytirilgan turli o‘simlik xillari.
  9. O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanish me’yorlaridan

ortiq va noqonuniy ravishda yig‘ilgan, tayyorlangan, shuningdek sohaga oid qonun hujjatlari buzilgan holda uning hududiga olib kirilgan yoki olib chiqib ketishga urinilgan holdagi o‘simlik dunyosi ob’ektlari tartib buzarlardan olib qo‘yiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yokiqo‘mitaning joylardagi hududiy organlari tomonidan ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi.

  1. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagiqonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
  2. Jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undanfoydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashlari shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.


2-ilova

Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish

ME’YORLARI

T/r

O`simliklar turi

Ajratib olish me’yorlari

(kishi boshiga)

1. 

Zira (urug`i)

10 gramm

2. 

Dorivor moychechak (guli)

50 gramm

3. 

Zirk (mevasi)

10 gramm

4. 

Yovvoyi qizil do`lana (mevasi)

100 gramm

5. 

Kiyik o`ti (barcha a’zolari)

25 gramm

6. 

Gazanda o`t (barcha a’zolari)

50 gramm

7. 

Osiyo yalpizi (tanasi va bargi)

25 gramm

8. 

Achambiti (tanasi)

50 gramm

9. 

Dastarbosh (gullari)

10 gramm

10. 

Zubturum (bargi)

10 gramm

11. 

Chuchukmiya (ildizi)

100 gramm

12. 

Bo‘ymadaron (gullari)

25 gramm

13. 

Qirqbug‘im (tanasi)

25 gramm

14. 

Na’matak (mevasi)

100 gramm

15. 

Isiriq (barcha a’zolari)

150 gramm

16. 

Gulhayri (ildizi)

100 gramm

17. 

Dalachoy (barcha a’zolari)

25 gramm

18. 

Arpabodiyon (mevasi)

10 gramm

19. 

Marvaridgul (guli, bargi)

25 gramm

20. 

Suv qalampiri (tanasi)

50 gramm

21. 

Tirnoqgul (tanasi)

25 gramm

22. 

Qo‘qa (guli, bargi)

50 gramm

23. 

Ermon (barcha a’zolari)

100 gramm

24. 

Ruyan (barcha a’zolari)

50 gramm

25. 

Sano (barcha a’zolari)

25 gramm

26. 

Chakanda (barcha a’zolari)

100 gramm

27. 

Valeriana (bargi)

100 gramm

28. 

Tog‘ rayxoni (tanasi, bargi)

50 gramm

29. 

Donakli oqquray (tanasi)

100 gramm

30. 

Adonis (tanasi, bargi)

25 gramm

31. 

Zamburug‘ (tanasi)

1 kilogramm

32. 

Ravoch (barg bandi)

300 gramm

33. 

Limon o‘t (tanasi)

100 gramm

34. 

Sho‘ra (barglari, tanasi)

200 gramm

35. 

Qoqi o‘t (tanasi, bargi)

100 gramm

 

36. 

Marmarak (tanasi, bargi)

25 gramm

37. 

Qaraqat (tanasi, bargi)

25 gramm

38. 

Sachratqi (tanasi, ildizi)

100 gramm


 

3-ilova

Buvayda tuman hokimining  “Tumanda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi yuzasidan

         M A  L U M O T N O M A

 

26.04.2022 yil                                                                      Yangiqo`rg`on qishlog`i

Buvayda tuman hokimining  “Tumanda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  normativ hususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi  o`rganib chiqildi.

Loyiha   O`zbekiston Respublikasining   “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 8, 12-moddalariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan ishlab chiqilgan.

Buvayda tuman hokimining “Tumanda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

 normativ xususiyatga ega bo`lgan qarori loyihasi Adliya Vazirligi tomonidan 01.02.2013 yilda 2420-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash,yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnoma va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq holda ishlab chiqilgan deb hisoblayman.

Buvayda tuman hokimining  mazkur qarori qabul qilinishidan oldin O`zbekiston Respublikasining 24.12.2012 yildagi “Normativ huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonunining 22-moddasiga ko`ra tuman hokimining   normativ tusga ega bo`lgan ushbu qarori loyihasini qonunchilik talablariga muvofiq ekanligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o`tkazishlik uchun Buvayda tumani Adliya bo`limiga taqdim etish lozim bo`ladi.

Loyiha O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq.

 

Buvayda tumani hokimligi yuriskonsulti:                            B.Raxmonov

4-ilova

Бувайда туман хокимининг   “Tumanda o‘simlik dunyosi obyektlaridan

umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi қарори лойиҳасини Ўзбекистон Республикасининг “Норматив ҳуқуқий хужжатлар тўғрисида”ги Қонунини 22-моддасига асосан ҳуқуқий экспертизадан ўтказиб беришингизни сўрайман.