Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Savol bering! Javob beramiz!
2022-04-06 14:14:19 477
SAVOL:
Bir tashkilotga murojaat qilgan edim ikki oydan beri javob kelgani yo‘q qonunchilikka ko‘ra shunday bo‘lishi mumkinmi?
JAVOB:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 28-moddasiga ko‘ra, ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Sizni qilgan murojaatingizga o‘sha tashkilot tomonidan ikki oy davomida javob berilmasligi noqonuniy xisoblanadi. Siz bu bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilsangiz bo‘ladi.
Buvayda tuman adliya
bo`limi bosh maslahatchisi M.Abdullayev