Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Ishonch telefoni statistikasi

JASURBEK YANA OLTIN MEDAL SOHIBI

×

 2021-08-12 15:36:39    446

PDF yuklash
Chop etish


2021 YILNING 2-8-AVGUST KUNLARI UNIVERSITET TALABALARI O'RTASIDAGI 28-XALQARO MATEMATIKA MUSOBAQASI IMC - INTERNATIONAL MATHEMATICS COMPETITION)  ONLAYN BO'LIB O'TDI. USHBU OLIMPIADADA 55 DAN ORTIQ DAVLATLARDAN 592 NAFAR TALABALAR ISHTIROK ETDI.

O'zbekiston terma jamoasi nomidan saralangan 17 nafar talaba 100 foizlik natija ko'rsatdi.Talabalarimiz xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq qo'lga kiritishdi.Shunisi quvonchliki, g'olib talabalar orasida tumandoshimiz, O'zbekiston milliy universiteti talabasi  Jasurbek IMOMOV ham bor. Tumanimiz faxri bo'lgan  Jasurbek yana bir bor xalqaro olimpiadada o'z iqtidorini namoyish etdi. Ma'lumot o'rnida: Jasurbek Imomov 2014-yil  yosh matematiklarning boshlang'ich jahon olimpiadasi saralash bosqichida birinchi o'rinni egallagan. Shu yili Janubiy Koreyaning Tedjon shahrida bo'lib o'tgan maktab o'quvchilari o'rtasidagi matematika bo'yicha xalqaro musobaqada 2 ta kumush medalini qo'lga kiritib O'zbekiston nomini yuksaklarga ko'targan. 2018- yil Ruminiyada o'tkazilgan matematiklar olimpiadasida maxsus diplom sohibi bo'lgan. 2019-yilda Buyuk Britaniyada matematika bo'yicha 60-xalqaro olimpiadada uchinchi o'ringa loyiq topildi.
H. BOZOROVA.