Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Ishonch telefoni statistikasi

UCH AVLOD UCHRASHUVI:

×

 2021-08-12 15:39:20    409

PDF yuklash
Chop etish


MAMLAKATIMIZDA PREZIDENTIMIZ RAHNAMOLIGIDA TINCHLIKNI MUSTAHKAMLASH, XALQIMIZ FAROVONLIGINI YUKSALTIRISH, KEKSALARNI E'ZOZLASH, ERTAMIZ EGALARINI BARKAMOL QILIB VOYAGA YETKAZISHGA DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO'NALISHLARI SIFATIDA ALOHIDA E'TIBOR QARATILYAPTI.

Mustaqilligimizning  qutlug' 30 yillik bayrami shukuhi kezayotgan ayni damlarda qishlog'u mahallalarda karantin qoidalariga amal qilgan holda bayram tadbirlari  boshlanib ketdi. Kuni kecha tuman markazidagi “Megapark”da qishloq va mahallalardan kelgan nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari va yoshlarning uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi. Taklif etilgan mehmonlar bog'  oldida o'zbekona lutf  bilan kutib olindi. 

Uch avlod vakillari bir piyola choy ustida dildan  suhbat qurdilar.Kechani tuman hokimi Behzod Ibragimov ochib berdi. U so'zi  avvalida mehmonlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning o'ttiz  yillik bayrami bilan tabrikladi. Shundan so'ng hokim tumanimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida qisqacha to'xtaldi.-Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oxirgi besh yillikda amalga oshirilayotgan  islohotlar - iqtisodiyotni erkinlashtirishda, ochiqlik siyosatiga dadil qadam tashlanishi yurtimizni yanada taraqqiy etishiga zamin yaratdi.“Obod qishloq” dasturi doirasida qisqa vaqt ichida tumanimiz qishlog'u mahallalari tanib bo'lmas qiyofaga keldi. Bularning barchasi yurtimiz tinch, osmonimiz musaffoligi sabablidir.Shuningdek, tuman hokimi bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar haqida ham so'z yuritdi. Uchrashuvda nafaqadagi faxriylar yoshlarga o'zlarining ish faoliyati davomida boshidan o'tkazgan qiyinchiliklar va qiziqarli holatlarni so'zlab berib, qimmatli maslahat va o'gitlarini berishdi.-Avvalo, bunday tadbirlarning o'tkazilishi yoshlar ongu tafakkurini kengaytirishda, ularni tanlagan yo'lidan qat'iyat bilan ketishida yaxshigina turtki bo'ladi. Sababi, biz kabi oddiy odamlar farzandlarining ulkan muvaffaqqiyatlarga erishganimizni eshitgan har qanday yosh o'z orzulari sari dadil qadam qo'yadi, - deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Yusuf Nishonov.-Hozirda yurtimiz yoshlari uchun juda katta sharoitlar yaratilgan. Ana shu sharoitlardan foydalanib, maqsad sari dadil qadam bosish kerak.Qiyinchiliksiz muvaffaqiyat bo'lmaydi. Faqat shu qiyinchiliklar sabab ortga chekinilmasa, inson, albatta, ko'zlagan marrasiga erishadi.  Shuningdek, uchrashuvda xalqaro olimpiadalarda qatnashib, yuqori o'rinlarni egallab qaytgan, bu yil  nufuzli oliy o'quv yurtlariga qabul qilingan yoshlarimiz ham so'zga chiqishdi.Bu yil men uchun omadli bo'ldi. Maktabni oltin medalga bitirdim-deydi beshteraklik Ozoda Izzatova. - IELTS dan 7,5 ball olib Toshkentdagi Akfa xalqaro universitetiga grant asosida o'qishga kirdim. Mazkur uchrashuv men uchun katta ibrat maktabi bo'ldi,  buyuk ajdodlarga munosib bo'lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash  muqaddas burchim ekanligini yana bir bor his etdim.Tadbirda tuman Madaniyat bo'limi san'atkorlarining chiqishlari yoshu qariga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Buvayda tumani hokimligi axborot xizmati.