Alternative flash content

Requirements

OMMAVIY TADBIRLAR, MAJLISLAR, YIG'ILISHLAR, UCHRASHUVLAR, MATBUOT KONFERENTSIYALARI, SEMINARLAR VA BRIFINGLAR, DAVRA SUHBATLARI, RASMIY TASHRIFLAR, TO'G'RISIDAGI MA'LUMOTLAR, KUNDALIK FAOLIYAT TO'G'RISIDAGI BOSHQA AXBOROTLAR

Yangiliklar

O’zbekiston va Rossiya “Yashil yo’lagi" noyabrda ishga tushadi

O’zbekiston va Rossiya noyabr oyi oxiriga qadar “Yashil yo’lak” tizimi tashkil qilish borasidagi shartnomalarni imzolashi kerak. Bu haqda bugun Toshkentda bo’lib o’tayotgan meva-sabzavot yarmarkasi davomida bosh vazir o’rinbosari Ulug’bek Ro’ziqulov ma’lum qilgan.

Davomi...

SAYLOVGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi davlat va jamiyat qurilishi sohasini, huquqiy tizim, jumladan, saylov qonunchiligini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Shu asosda saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgartishlar saylov jarayonini liberallashtirish, uning ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish imkonini yaratdi.
Saylovlarning qonun talablariga to’la muvofiq ravishda, ochiqlik va oshkoralik asosida tashkil etilishi hamda o’tkazilishini ta’minlaydigan saylov komissiyalarining mustaqil tizimi amal qilishi milliy saylov tizimining eng muhim xususiyati hisoblanadi.
11-Farg’ona okrug saylov saylov komissiyasining 2016 yil 3 oktyabrdagi 7-sonli qaroriga asosan tumanda saylov o’tkazuvchi 51 ta saylov uchastkalari tuzilganligi elon qilindi.
2016 yil 11 oktyabr kuni Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining 28-sessiyasi o’tkazilib uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tasdiqlash uchun
11-Farg’ona okrugiga taqdim etildi.
2016 yil 17 oktyabr kuni 11-Farg’ona okrug saylov komissiyasining
10-sonli qarori bilan saylov uchastka komissiya tarkiblari tasdiqlandi. Qarorning tumanga tegishli qismi “Buvayda ko’zgusi” gazetasida e’lon qilindi.

III. Saylovga oid chaqiriqlarning o’rnatilishi bo’yicha va targ’ibot dasturlari to’g’risida

Viloyat okrugidan berilgan A1, A2, A3 o’lchamdagi saylov chaqiriqlari (O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “2016 yil 4 dekabr O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni” ko’rgazmali targ’ibot materiallari) tumandagi mavjud uchastkalarga, korxona, tashkilotlarga va QFY, MFYlar, savdo shaxobchlari, bozorlar hamda aholi gavjum joylarga o’rnatildi.
Oktyabr-noyabr oylari davomida ta’lim muassasalarida, barcha tashkilot va muassasalarda, maxalla guzarlarida “Mening ovozim – Vatanim kelajagi”, “Men shaxsan ovoz beraman”, “Biz oilamizda xar birimiz o’z ovozimizga egamiz”, “Mening ovozim Vatan kelajagiga daxldor”, “Biz tanlash huquqiga egamiz”, “Saylovchilar ro’yxatida bormisiz” kabi mavzularda turli aktsiyalar, davra suxbatlari, uchrashuvlar tanlovlar tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek jamiyat va jamg’armalarga yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarning dam olish va muloqatda bo’lish jamoat markazlarida ularning saylov jarayonlaridan xabardorligini oshirish bo’yicha xayriya kechalari, uchrashuvlar, davra suhbatlari uyushtirishlari topshirildi.

IV. Saylov uchastkalarini tayyorgarligi

Tumandagi 51 ta saylov uchastkalarining 44 tasiga kabinalar, urnalar(ko’chma, statsionar), bayroqlar (ichki, tashqi), gerblar, stendlar, dumaloq muxrlar etkazib berildi. Yangi tashkil etilgan 7 ta saylov uchastkalarini xam to’liq jixozlash choralari ko’rilmoqda.
Saylov uchastkalarining ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi axvolini o’rganish, amaliy yordam berish uchun “Suvoqova” DUK tuman filiali xodimlari, yong’in xavfsizligi ta’minlash, targ’ibot tashviqotini yuritish bo’yicha “Vodiygazta’minot” UK tuman filiali xodimlari, elektr ta’minoti axvoli bo’yicha tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari, xojatxonalarni sanitariya qoidalarga mosligi o’rganish amaliy yordam berish bo’yicha tuman davlat sanitariya epedamologiya nazorati markazi vrach va nazoratchilar biriktirildi.
Saylov uchastkalarida “Tibbiyot xona”larini belgilangan  tartibda jixozlash va tayyorlash bo’yicha xar bir uchastkalarga tibbiyot birlashmasi tomonidan 51 ta vrach va 51 ta xamshiralar biriktirildi. “Ona va bola” xonalarini tayyorlash bo’yicha tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan 2 nafardan tarbiyachilar biriktirib chiqildi.
Ta’mirga muxtoj saylov uchastkalari tumandagi qurilish tashkilotlari tomonidan ta’mirlanishi, kirish yo’llari ta’mirtalab uchastkalarga asfalt yotqizish ishlari tuman yo’l xo’jaligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanib aniq chora-tdbirlar belgilandi. Xozirda qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda.
Bugungi kunda uchastka saylov komissiyalarida dastlbki yig’ilishlar o’tkazilmoqda. Yig’ilishlarda uchastka saylov komissiya a’zolari o’zaro ish taqsimotlari o’tkazilib, komissiyalarning ish rejalari tasdiqlanmoqda.
Buvayda tumanida barcha saylov uchastkalari komissiya tarkiblari muhim siyosiy jarayonga puxta xozirlik ko’rmoqda.