Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Ishonch telefoni statistikasi

TIVda birdaniga uch davlat elchilari bilan muzokaralar bo'lib o'tdi

×

 2018-06-02 12:09:47    496

PDF yuklash
Chop etish


2018 yilning 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt davlatining favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Al-Jiyron bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O'zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shveytsariya Konfederatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, 2018 yilning 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Vengriya favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralarda O'zbekiston-Vengriya kun tartibidagi joriy va istiqbolli masalalar muhokama qilindi.